Live
10
O'zbek

Yamal «Real» sobiq yarimhimoyachisi haqida: «Uning o‘yinini zavqlanib, tomosha qilardim»

Futbol
19 sentabr, 06:35
«Barselona» vingeri zamonaviy futbol haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Yamal «Real» sobiq yarimhimoyachisi haqida: «Uning o‘yinini zavqlanib, tomosha qilardim»
Foto: Gettyimages

«Barselona» vingeri Lamin Yamal zamonaviy futbol haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men o‘yinlarni 1-daqiqadan to 90-daqiqagacha to‘liq tomosha qiladigan davrda o‘sganman. Ilovaga kirib, kimda nechta gol va golli uzatma borligini tekshirmasdim. U paytda hamma futboldan zavqlanardi. Futbolchi 20 ta gol urmagan bo‘lsa ham, uning o‘yinidan zavq olishing mumkin edi. U shunday o‘ynardiki, undan ko‘zni uzishning iloji bo‘lmasdi. Masalan, O‘zil menga juda yoqardi.

Foto: Gettyimages

O‘ylashimcha, hozirgi avlod shunchaki ilovani ochib qaraydi va: «Lamin ikkita gol urdi yoki ikkita golli uzatmani amalga oshirdi – demak, u yaxshi o‘yin o‘tkazibdi», deydi», - deya Yamal so‘zlaridan iqtibos keltirdi Movistar Plus.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Mesut O‘zil asosan «Real» (2010-2013) va «Arsenal» (2013-2021) klublaridagi ishtiroki bilan tanilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar