UEFA va KONKAKAF FIFAdan 211 ta milliy federatsiyaning har biriga $10 milliondan to‘lashni talab qildi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin va KONKAKAF rahbari Viktor Montalyani FIFA prezidenti Janni Infantinoga maktub yo‘llagan.
Unda FIFA 2023–2026 yillar siklini qariyb $6 milliard zaxira bilan yakunlayotgani qayd etilgan. Shu sababli federatsiyalarga 2027–2030 yillar sikli davomida kamida $10 milliondan ajratish adolatli ekani ta’kidlangan.
Bu barcha 211 ta milliy federatsiya uchun jami qariyb $2,1 milliard mablag‘ni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, UEFA va KONKAKAF FIFA rahbariyatining boshqaruv uslubidan noroziligini ham bildirgan. Ushbu tashabbus jahon futbolidagi boshqaruv masalalari bo‘yicha kelishmovchiliklar kuchaygan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.