Live
9
O'zbek

Rafinya Saudiyadan kelgan taklif haqida: «Bu hayotimni o‘zgartirishi mumkin edi»

Futbol
19 sentabr, 08:00
«Barselona» hujumchisi Kataloniya klubida qolishni istayotganini aytdi.
Rafinya Saudiyadan kelgan taklif haqida: «Bu hayotimni o‘zgartirishi mumkin edi»
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Rafinya Saudiya Arabistoni chempionatidan olgan taklifi va uni rad etish qarori haqida gapirdi. Braziliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, unga va oilasiga moliyaviy jihatdan juda manfaatli taklif kelgan, biroq u faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishga qaror qilgan.

«Menga va oilamga hayotimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan juda foydali taklif kelgan edi. Taklifdagi raqamlar juda jozibali edi. Ammo klub mening qolishimni xohlashini his qilsam, men imkon qadar uzoq vaqt shu yerda qolishni istayman. “Barselona” hayotimning mazmuniga aylandi», — dedi Rafinya RAC1 nashriga bergan intervyusida.

29 yoshli futbolchi ushbu mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalarda 7 ta bahsda maydonga tushdi. Rafinya ushbu bahslarda 11 ta gol urib, yana 3 ta golga uzatma berdi.

Braziliyalik hujumchining yuqori sport formasi uning jamoa uchun muhim futbolchilardan biri ekanini ko‘rsatmoqda. Avvalroq «Barselona» Rafinya bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni klublari futbolchiga yuqori maosh taklif qilishga tayyor ekani aytilgandi.

Rafinyaning «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Futbolchi esa bergan bayonotida Kataloniya klubida imkon qadar uzoqroq qolish istagini ochiq bildirdi.

Ma’lumot uchun, Rafinya 2022-yil yozida «Barselona» safiga qo‘shilgan va shundan buyon jamoaning hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilardan biriga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar