Live
23
O'zbek

Mourinio «Real»da Enrike usulidan foydalanmoqda

Futbol
19 sentabr, 09:30
    4
Portugaliyalik mutaxassis futbolchilarga ko‘rsatmalar berish uchun katta ekrandan foydalanishni boshladi.
Mourinio «Real»da Enrike usulidan foydalanmoqda
Foto: Getty Images
20.09.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid - : - Real Madrid Real Madrid

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio mashg‘ulot jarayonida «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike qo‘llaydigan usullardan birini jamoasiga tatbiq etdi. Portugaliyalik mutaxassis mashg‘ulotlarda katta ekrandan foydalanib, futbolchilarga taktik ko‘rsatmalar bermoqda.

The Touchline nashri «Real»ning mashg‘ulotidan olingan suratni e’lon qildi. Unda Mourinio futbolchilar qarshisida o‘rnatilgan katta ekran oldida turib, jamoaga ko‘rsatmalar berayotganini ko‘rish mumkin.

Luis Enrike esa «PSJ»dagi faoliyati davomida ushbu texnologik usuldan muntazam foydalanib keladi. «Real» bosh murabbiyi ham mashg‘ulot jarayonida katta ekran orqali futbolchilarga turli vaziyatlarni tushuntirish va taktik topshiriqlarni ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi ayni paytda «Atletiko»ga qarshi bo‘ladigan derbiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ikki jamoa 20-sentabr, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasi doirasida bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Madrid derbisida dastlabki hushtak Toshkent vaqti bilan 19:15 da chalinadi. Ushbu bellashuv «Real» uchun chempionatdagi navbatdagi muhim sinov bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar