Live
23
O'zbek

«Tottenhem» jahon chempionini jarohat sabab yo‘qotdi

Futbol
19 sentabr, 09:07
Pedro Porro «Aston Villa»ga qarshi bahsda jarohat olib, birinchi bo‘limdayoq maydonni tark etdi.
«Tottenhem» jahon chempionini jarohat sabab yo‘qotdi
Foto: Getty Images
19.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Tottenhem Tottenhem 2 : 3 Aston Villa Aston Villa

Angliya Premyer-ligasining 5-turida «Tottenhem» o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qilmoqda. Bahsning birinchi bo‘limida londonliklar bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi majburiy almashtirishni amalga oshirdi. O‘ng qanot himoyachisi Pedro Porro jarohat olib, o‘yinni davom ettira olmadi.

Ispaniyalik futbolchi bahsning 17-daqiqasida jarohat oldi. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, Porro maydonga qayta olmadi va 19-daqiqada uning o‘rniga Archi Grey tushirildi.

Porro o‘tgan yozda Ispaniya milliy jamoasi safida jahon chempioniga aylangan edi. Himoyachi so‘nggi kunlarda «Barselona»ning ham qiziqish doirasiga tushgani haqida xabarlar tarqalgan. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik va hujumchi Lamin Yamal Porroni jamoada ko‘rishni istayotgani aytilgandi.

Ma’lumot uchun, hozircha 27 yoshli futbolchining jarohati qanchalik jiddiy ekani ma’lum emas. Uning keyingi bahslarda maydonga tushishi tibbiy ko‘rik natijalariga bog‘liq bo‘ladi. «Tottenhem» uchun Porroning jarohati ayniqsa muhim, chunki u jamoaning o‘ng qanotidagi asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Aston Villa Aston Villa
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar