Superliga 22-turida «Bunyodkor» klubi Toshkentda «Buxoro»ni qabul qildi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shahzod Ne’matjonov va Abdulhamid Ikromov mezbonlar safida gol urdi. Mehmonlarning yagona goli Temur Mamasidiqov hisobiga yozildi.
Ivan Boshkovich boshqaruvidagi «Bunyodkor» g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 22 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Buxoro» esa 34 ochko bilan 5-pog‘onada.
Superliga. 22-tur
Bunyodkor – Buxoro 2:1
Gollar: Shahzodjon Ne’matjonov, 8 (1:0), Temur Mamasidiqov, 34 (1:1), Abdulhamid Ikromov, 45+1 (2:1)
Bunyodkor: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To‘raqulov, 13.Muhammadjon Hakimov, 14.Shahzodjon Ne’matjonov (11.Sardor Abdu nabiyev, 80), 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 42.Abdulhamid Ikromov, 45.Shamsiddin Tursunmahamadov, 88.Mirkamol Annamatov (33.Eldor Naimov, 80)
Buxoro: 13.Azizxon Isaqov, 7.Xurshidbek Muxtorov, 8.Anvarjon Jo‘rayev (18.Ozodbek Rajabov, 13), 11.Temur Mamasiddiqov (77.Asilbek Qayumov, 71), 21.Quvondiq Ro‘ziyev (9.Nika Kacharava, 71), 22.Asadbek Jo‘raboyev, 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yo‘ldoshev, 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi