Live
11
O'zbek

Kompani Keynning «Bavariya»dagi kelajagi haqida: «Asosiysi Harri o‘zini yaxshi his qilishi»

Futbol
19 sentabr, 14:06
Nemis grandining bosh murabbiyi 33 yoshli hujumchining kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
Kompani Keynning «Bavariya»dagi kelajagi haqida: «Asosiysi Harri o‘zini yaxshi his qilishi»
Foto: Gettyimages

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani 33 yoshli hujumchi Harri Keynning klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Ingliz hujumchisining shartnomasi 2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

«Klub muzokaralar olib bormoqda. Bizda ajoyib rahbariyat bor: Maks Eberl, Kristof Froynd va Yan Drizen — ular bu borada ishlamoqdalar. Buning uchun vaqt kerakligini tushunaman, hurmat qilaman. Men uchun eng muhimi, Harri o‘zini yaxshi his qilishi va eng yaxshi tarzda o‘ynashi zarur», - deya Kompanining so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Bayern & Germany» X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Keyn 2025/2026-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi. Angliyalik futbolchi Bundesliganing 31 o‘yinida 36 ta gol urgan. Ushbu mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar