«Barselona» 19 yoshli yarimhimoyachi Mark Bernal-bilan-shartnomani-2031-yilning-30-iyuniga qadar uzaytiradi. Klub allaqachon futbolchining agentlari bilan bu borada kelishib olgan va tez orada yangi kelishuv haqida e’lon qiladi.
«Ko‘k-anorranglilar» sport direktori Deku shartlarni ma’qullagan. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, uning kelajakdagi maoshi ma’lum qilinmagan, biroq u oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Mark Bernalning klub bilan amaldagi-shartnomasi-2029-yilning-30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali yosh, iqtidorli yarimhimoyachining aktual transfer narxini 30 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, 2026/2027-yilgi mavsumda Bernal klub ishtirok etayotgan barcha musobaqalardagi bellashuvlarni inobatga olganda yettita o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.