Live
10
O'zbek

Aguero Holand «Siti»dagi o‘zining rekordini yangilash imkoniyatlarini baholadi

Futbol
19 sentabr, 15:08
«Shaharliklar»ning sobiq hujumchisi norvegiyalik futbolchining sermahsulligi borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Aguero Holand «Siti»dagi o‘zining rekordini yangilash imkoniyatlarini baholadi
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero «shaharliklar» forvardi Erling Holand ingliz klubi safida gol urish bo‘yicha uni ortda qoldira oladimi, degan masala bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menimcha, ha. Agar u shu zaylda davom etsa, mendan o‘zib ketmasligi uchun hech qanday imkoniyat yo‘q. U dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. Ammo u mendan o‘zib ketgan taqdirda ham, men baribir eng yaxshilar qatorida qolaman, shuning uchun buning unchalik ham ahamiyati yo‘q. Holandning gol urishi va «Siti»ga o‘yinlar va unvonlarni qo‘lga kiritishda yordam berishi muhim», - dedi Aguero Stake Football nashriga.

Ma’lumot uchun, Aguero hozirda «Manchester Siti» tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Argentinalik futbolchi 2011-yildan 2021-yilgacha «shaharliklar» safida to‘p tepgan. Shu vaqt mobaynida u 390 ta o‘yin o‘tkazib, 260 ta gol urgan va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Holand 2022-yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning hisobida 204 uchrashuvda 168 ta gol va 30 ta golli uzatma bor.

Bugungi yangiliklar