Italiya chempionatida 5-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «Latsio» mehmonda «Venetsiya» bilan bellashdi. Unda «burgutlar» 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Gollar Zakkani (penalti) va Noslin hisobiga yozildi. Mezbonlar safida Yeboa penaltidan foydalana olmadi.
Bu g‘alabadan so‘ng «burgutlar» ochkolari sonini 11 taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarildi. «Venetsiya» esa 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.
A Seriya. 5-tur
Venetsiya – Latsio 0:2
Gollar: Zakkani 51 penalti, Noslin 60.
Venetsiya – Stankovich, Shingten, Moreno, Juan Jezus, Antuan, Zom, Peres, Korreya (Sagrado, 76), Helgasson (Fanne, 73), Adams (Rahmani, 73), Yeboa (Fernandes, 87).
Latsio – Mandas, Floriani (Lazzari, 77), Shutalo, Provstgard, Tavaresh (Pedraza, 84), Frattesi, Belahyarn, Teylor (Gudmundsson, 77), Kanchellieri, Noslin (Pinamonti, 77), Zakkani (Isaksen, 87).