«Al Qodisiya» yarim himoyachisi Tiani Reynders nima sababdan Saudiya Arabistoni chempionatiga kelganini aytdi.
«Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ishlashni istamayman. Albatta, ehtimol, «Manchester City» bilan shartnomam tugaganidan keyin ham ishlashim shart bo‘lmas edi. Ammo bu transfer oilamning keyingi avlodlari kelajagini ta’minlash imkonini beradi. Buni yashirmayman. Ushbu shartnomani imzolaganimdan so‘ng hatto nevaralarimning ham moliyaviy barqarorligini ta’minlashim mumkin.
Nega bunday imkoniyatdan foydalanmasligim kerak. Pul uchun ketganimni tanqid qilayotgan odamlarni ayblay olmayman. Agar sizga katta maosh taklif qilishsa, buni inkor etish qiyin. Ishonchim komilki, ko‘pchilik bunday taklifga rozi bo‘ladi. Bunday puldan voz kechish deyarli imkonsiz», — deya Reyndersning so‘zlaridan keltiradi The Touchline nashri.
Ma’lumot uchun, «Al Qodisiya» Saudiya Pro Ligasi turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.