Bugun
23
O'zbek

Mbappe Turkiyaga qarshi o‘yin oldidan betob bo‘ldi

Futbol
22 sentabr, 16:08
Futbolchi seshanba kungi mashg‘ulotda ishtirok etmadi.
Mbappe Turkiyaga qarshi o‘yin oldidan betob bo‘ldi
Фото: Getty Images
25.09.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Turkiya Turkiya - : - Fransiya Fransiya

Fransiya milliy jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe Millatlar ligasida Turkiyaga qarshi uchrashuvga uch kun qolganida betob bo‘ldi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe dushanba kuni Fransiya milliy jamoasi yig‘iniga kelib qo‘shilgan. Biroq seshanba kuni o‘tkazilgan mashg‘ulotda ishtirok etmadi.

Futbolchida grippga o‘xshash alomatlar kuzatilmoqda. Shunga qaramay, Mbappening Turkiyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushish imkoniyati hali ham mavjud.

Qayd etilishicha, Fransiya lagerida mashg‘ulotni o‘tkazib yuborgan yagona futbolchi aynan Mbappe bo‘lgan.

Fransiya va Turkiya milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 25-sentabr kuni Izmit shahridagi «Kocaeli» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu Zinedine Zidanning «uchranglilar»dagi debyuti bo‘ladi.

Avvalroq Kilian nima sababdan «PSJ»ni tark etib, «Real»ga o‘tganini tushuntirib bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Turkiya Turkiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar