Bugun
23
O'zbek

Mamardashvili «Liverpul»ni tark etishi mumkin

Futbol
22 sentabr, 16:22
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
Mamardashvili «Liverpul»ni tark etishi mumkin
Фото: Getty Images

«Liverpul» darvozaboni Giorgi Mamardashvili mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Jeyms Pirs xabar berdi.

«Qizillar»ning asosiy darvozaboni hanuz braziliyalik Alisson bo‘lib qolmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi. Agar Alisson shartnomasini uzaytirsa va jamoaning asosiy darvozaboni maqomini saqlab qolsa, Mamardashvilining 2027 yil yozida «qizillar» safida qolish ehtimoli past.

Gruziyalik darvozabon ketma-ket uchinchi mavsumni ham zaxirada o‘tkazishni istamayapti. Shu bois klubdagi vaziyati o‘zgarmasa, 25 yoshli futbolchi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin.

Mamardashvili bu mavsumda «Liverpul» safida faqat bir marta maydonga tushdi. U Angliya Liga Kubogida «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvda (3:1) darvozani qo‘riqladi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar