«Manchester Yunayted» himoyachisi Rayan Ait-Nuri qishki transfer oynasida «shaharliklar»ni tark etishi mumkin. Bu haqda Bianconera News xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jazoirlik 25 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni «Yuventus» klubi jiddiy tarzda kuzatib bormoqda. Turin klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor. Biroq klub uni mavsum yakuniga qadar ijaraga olishni taklif qila oladi.
Qayd etilishicha, «zebralar» yozda ham Ait-Nuri bo‘yicha ingliz klubi bilan muzokara o‘tkazgan. Ammo tomonlar o‘rtasida hech qanday kelishuv amalga oshmagan.
Ma’lumot uchun, Ait-Nuri o‘tgan yozda «Vulverhempton»dan 31 million funt evaziga «Manchester Siti» safiga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq himoyachi yangi jamoasida mavsum boshidan buyon yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayapti.
Futbolchi bu mavsumda Premyer-ligada biror marta ham maydonga tushmagan. Angliya Liga kubogida 90 daqiqa o‘ynadi. Chempionlar ligasida bor-yo‘g‘i 15 daqiqa o‘ynagan.