«Napoli» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne o‘tgan yilning yozida jamoani tark etishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
«Bu yozda «Napoli»ni tark etish haqida hech qachon o‘ylamaganman. Bu haqda hech kim bilan gaplashmadim. O‘zimni ruhiy va jismoniy tomondan yaxshi his qilyapman. Shu tarzda davom etishni istardim. Ko‘plab futbolchilar mendan qolishimni so‘rashdi. Kelajak haqida juda ko‘p o‘ylashni istamayman. Ammo bu men uchun muammo emas», — deya De Bryuynening so‘zlaridan keltiradi insayder Janluka Di Marzio.
Ma’lumot uchun, belgiyalik 35 yoshli futbolchi bu mavsumda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining Neapol klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kevin faoliyati davomida «Volfsburg», «Chelsi», «Manchester Siti» jamoalarida o‘ynagan.