Madridning «Real» klubidagi jamoadoshlari o‘tgan yozda vinger Vinisius Juniorning «Arsenal»ga o‘tishini o‘zgartirib bo‘lmaydigan holat deb hisoblashgan edi. Bu haqda Cadena Ser xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchining jamoa bilan ajoyib munosabatlariga qaramay, «qaymoqlilar» kiyinish xonasida uning ketishini kutishgan. Biroq «Real»da qolgan qanot hujumchisining hozirgi formasi unchalik yaxshi emasligi ta’kidlanmoqda. Vinisiusning «Arsenal»ga o‘tishi strategik qadam deb hisoblangan. Angliya Premer-ligasi Vinisiusni o‘zining asosiy yulduzlaridan biri sifatida butun dunyoga taqdim etishi, Erling Holand bilan raqobat esa chempionatning korporativ imidjida ustunlik qilishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda Vinisius barcha musobaqalarni inobatga olganda jami 8 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma yetkazib berdi.