Kilian Mbappe «Oltin to‘p» haqidagi bayonotlaridan keyin Usmon Dembele bilan munosabatlarida taranglik yuzaga kelgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Avvalroq «Real» hujumchisi Dembele har doim «iqtidorli futbolchi» sifatida baholanganini, uning o‘zi esa «tanlangan futbolchi» sifatida qabul qilinganini aytgandi.
Shundan so‘ng «PSJ» hujumchisi shunday dedi: «Faoliyatim davomida biror marta ham ko‘p gapirgan emasman, shunchaki juda ko‘p mehnat qilganman. Aytganimdek, men hech qachon tanlangan futbolchi bo‘lmaganman, faqat ko‘p mehnat qilganman.
Bu haqda u bilan allaqachon gaplashib oldim: hech qanday taranglik yo‘q, u — mening do‘stim.
Aslida, bu masala tufayli hech qanday muammo yo‘q, men mutlaqo xotirjamman.
Millatlar ligasi o‘yinlari va Fransiya milliy jamoasidagi ishtirokiga kelsak, bunday paytlarda muhokama qilish uchun har doim biror sabab topiladi. Menimcha, bu holat ham shu muhokamaga sabab bo‘ldi», — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Actu Foot.
Mbappe Dembele bilan munosabatlari yomonlashgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Futbol
21 sentabr, 11:17
Avvalroq «Real» hujumchisining «Oltin to‘p» borasidagi fikrlari hamyurtiga yoqmagani haqida gaplar tarqalgandi.
Foto: Getty Images