Live
2
O'zbek

Futzal. Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻrtoqlik bahsida Niderlandiyaga yutqazdi

Boshqalar
21 sentabr, 11:10
Birgina gol bahs taqdirini hal qildi.
 Futzal. Oʻzbekiston milliy jamoasi oʻrtoqlik bahsida Niderlandiyaga yutqazdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Oʻzbekiston futzal milliy jamoasi Yevropada tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yigʻin doirasida futzalchilar Niderlandiyaga qarshi bellashdi. Unda Yevropa vakili minimal hisobda gʻalaba qozondi.

Bungacha Oʻzbekiston milliy jamoasi Vengriyaga qarshi ikkita bahsda maydonga chiqqan. Ilk bahsda gʻalaba qozongan. Ikkinchisida magʻlub boʻlgandi.

Maʼlumot uchun, jamoalar bir necha kundan keyin yana oʻzaro ikkinchi oʻrtoqlik bahsida qatnashadi. Shundan keyin milliy jamoaning xorijdagi yigʻini yakuniga yetadi.

Oʻrtoqlik oʻyini
Niderlandiya – Oʻzbekiston 1:0
Oʻzbekiston
(boshlangʻich beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 6.Ilhomjon Hamroyev, 7.Behruz Samiyev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Abror Ahmedzyanov.
Zaxiradagilar: 1.Shavkat Ibragimov, 2.Xayrullo Solihov, 3.Mashrab Adilov (s), 4.Jasur Oʻrinbosarov, 5.Shahzodjon Saʼdiyev, 10.Shahram Faxriddinov, 11.Sunnatilla Joʻrayev, 13.Shohjahon Shonazarov, 14.Asilbek Vafoyev.

Bugungi yangiliklar