Live
1
O'zbek

Romeroning xizmatlari «Yuventus»ga taklif qilindi

Futbol
4 iyul, 12:28
Argentinalik himoyachi yozgi transfer oynasida «Tottenhem»ni tark etishi kutilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Romeroning xizmatlari «Yuventus»ga taklif qilindi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, futbolchining agentlari argentinalik himoyachini «Yuventus» va yana bir nechta klublarga taklif qilgan. Turin klubi ushbu transfer imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manba ta'kidlashicha, Romero joriy yozda «Tottenhem»ni aniq tark etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kristian Romero 2022 yilda «Atalanta»dan «Tottenhem»ga 53 million yevro evaziga transfer qilingandi.

Ma'lumot uchun, 2025/26 yilgi mavsumda 27 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar