UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maks Holloueyga qarshi jang oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«Bashoratchi Makning taxminimi? Yo'q qilish. Men Maksni shunchaki yo'q qilaman. Qolgan barcha raqiblarim allaqachon safdan chiqqan. Endi faqat Maks qoldi va yakshanba kuni u ham butunlay mag'lub etiladi», — dedi Makgregor.
Ma'lumot o'rnida, Makgregor va Hollouey o'rtasidagi jang 12 iyul kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 329 turniri doirasida tashkil etiladi. Avvalroq Konor o'zini Bryus Lidan keyin tarixdagi eng buyuk yarim engil vazn jangchisi ekanini aytib o'tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi