Live
13
O'zbek

Makgregor yarim yengil vaznda UFC'ning eng yaxshi jangchisini aytdi

MMA
8 iyul, 15:03
Irlandiyalik jangchi fikr bildirayotganda Bryus Lini ham tilga oldi.
Makgregor yarim yengil vaznda UFC'ning eng yaxshi jangchisini aytdi
Foto: Getty Images

UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor turnir tarixidagi eng yaxshi yarim yengil vazn (65 kg gacha) jangchisi kim ekanini aytdi.

«Yarim yengil vaznning eng yaxshi jangchilari reytingi tuzilibdi... Men ularning barchasini mag‘lub etganman, ammo o‘zim ro‘yxatda yo‘qman. Unda men ularni qanday qilib bunchalik oson yengdim? Faollik — muhim omil, buni tushunaman. Lekin mahorat ham inobatga olinishi kerak.

Eng yaxshisi kim edi? Men. Buni natijalarning o‘zi isbotlaydi.

Hammasini tushunaman, ammo baribir bu reytingga qo‘shilmayman. Men Bryus Lidan keyin tarixdagi eng buyuk yarim yengil vazn jangchisiman»
, — deya Makgregorning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyul kuni UFC-329 turnirida Konor Makgregor amerikalik Maks Holloueyga qarshi revansh jangini o‘tkazadi.

Bugungi yangiliklar