Live
4
O'zbek

Hollouey: «Men Konorni ayamay kaltaklayman, o‘sha kuni hammasini o‘zingiz ko‘rasiz»

MMA
11 iyul, 01:25
UFC sobiq chempioni Makgregorga qarshi bo‘ladigan jang haqida fikr bildirdi.
Hollouey: «Men Konorni ayamay kaltaklayman, o‘sha kuni hammasini o‘zingiz ko‘rasiz»
Foto: Getty Images

UFC sobiq chempioni Maks Hollouey tarixdagi ilk ikki divizion chempioni Konor Makgregorga qarshi bo‘ladigan jang haqida fikr bildirdi.

«Biz ertaga jang qilamiz. Shunda hammasini ko‘rasiz. Men yana biroz kutishim mumkin. O‘sha kuni oktagonga chiqib, hammasini zarbalarim bilan ko‘rsataman. Men g‘alaba qozonish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.

Men Konorni ayamay kaltaklayman, o‘sha kuni hammasini o‘zingiz ko‘rasiz», — dedi Maks matbuot anjumanida.

Ma'lumot o‘rnida, Makgregor va Hollouey o‘rtasidagi jang AQShning Las-Vegas shahrida 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 329 turnirining asosiy jangi bo‘ladi.

Avvalroq Konor Maksni shunchaki yo‘q qilishi haqida gapirib o‘tgan edi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar