"Navbahor" Turkiyadagi o'quv-yig'in doirasidagi so'nggi o'rtoqlik bellashuvini o'tkazdi.
Balu shahrida "lochinlar" Turkiyaning "Bandirmaspor" (Bandirma) klubiga qarshi o'tkazdi. Unda Namangan klubi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollar Muxammadali Usmonov va Zafarbek Rahimjonovlarning hisobiga yozildi.
Shu tariqa, "Navbahor"ning Turkiyadagi yig'ini nihoyasiga yetdi.
O'rtoqlik o'yini
Bandirmaspor – Navbahor 0:2
Gollar: Muxammadali Usmonov, Zafarbek Rahimjonov.