Bugun
4
O'zbek

Musiala Bundesliga tarixiy rekord oʻrnatdi

Futbol
22 fevral, 01:00
Yarimhimoyachi bu natijaga 22 yosh 360 kunligida erishdi.
Musiala Bundesliga tarixiy rekord oʻrnatdi
Foto: Sky Sports

22 yoshli «Bavariya» yarimhimoyachisi Jamol Musiala Bundesligada tarixiy rekord oʻrnatdi. Bu haqda Opta statistik portali xabar berdi.

Germaniya chempionati 23-tur doirasidagi «Ayntraxt»ga qarshi bahs Musiala uchun ushbu musobaqadagi 100-g‘alabaga aylandi. Yarimhimoyachi bu natijaga 22 yosh 360 kunligida erishdi.

Bellashuv 3:2 hisobida «Bavariya» foydasiga hal bo‘ldi. Harri Keyn dubl muallifi bo‘ldi, yana bir golni esa Aleksandar Pavlovich kiritdi.

Ma'lumot oʻrnida, Musiala faoliyati boshidan beri faqat «Bavariya» safida oʻynab kelmoqda. Ushbu mavsumda yarimhimoyachi Bundesligada 6 ta oʻyinda ishtirok etib, 2 ta assist qayd etdi.

Bugungi yangiliklar