Germaniya Bundesligasi 23-turi doirasida bir qator o‘yinlar nihoyasiga yetdi. «Bavariya» (1) o‘z maydonida «Ayntraxt»ni (7) qabul qildi. Uchrashuv Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar minimal farqdagi ustunlik bilan g‘alabaga erishdi – 3:2.
Ushbu natijadan so‘ng «Bavariya» 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. «Ayntraxt» esa 31 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.
Shuningdek, parallel kechgan bahslarda ham qator natijalar qayd etildi. «Yunion Berlin» (9) o‘z maydonida «Bayer»dan (6) ustun kelgan bo‘lsa, «Augsburg» (10) so‘nggi daqiqalarda «Volfsburg»dan (15) uch ochkoni tortib oldi. «Kyoln» (12) «Hoffenhaym» (3) jamoalari esa jangovar durangga imzo chekdi.
Bundesliga. 23-tur
Bavariya – Ayntraxt 3:2
Gollar: Pavlovich 16, Keyn 20, 68 – Burkart 76, Kalimuendo 86
Bavariya: Urbig, Stanisich, Upamekano, Min-Je, Devis (Ito, 50), Kimmix, Pavlovich (Bishov, 77), Musiala (Gnabri, 77), Olise, Dias, Keyn.
Yunion Berlin – Bayer 1:0
Gol: Hedira 28
Kyoln – Hoffenhaym 2:2
Gollar: Ache 15, El Mala 63 – Kabak 45, Kramarich 60
Volfsburg – Augsburg 2:3
Gollar: Gerhart 41, Shiogay 70 – Ribeyro 59, Gregoritsh 87, Elvis 90+3