Bugun
14
O'zbek

Chili klubi Vozinya transferini e'lon qildi

Futbol
3 avgust, 23:00
Futbolchi yangi jamoasida 29-raqam ostida harakat qiladi.
Chili klubi Vozinya transferini e'lon qildi
Foto: Colo-Colo

Kabo-Verde milliy jamoasi darvozaboni Vozinya Chilining «Kolo-Kolo» klubi futbolchisiga aylandi. Jamoa transferni rasmiy e'lon qildi.

Posbon yangi jamoasida 29-raqam ostida harakat qiladi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan. Shuningdek, uni yana bir yilga uzaytirish huquqi ham mavjud.

Eslatib o'tamiz, mundial arafasida 40 yoshli darvozabonning Portugaliya ikkinchi divizioni vakili «Shavish» bilan shartnomasi yakunlangandi va u yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida borib qo'shildi.

Avvalroq Vozinyaning yangi klubida qancha maosh olishi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Colo Colo Colo Colo
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar