Live
1
O'zbek

«Latsio» 5 nafar erkin agentga qiziqish bildirmoqda, ularning 3 nafari — «Inter»ning sobiq futbolchilari

Futbol
5 sentabr, 14:39
Rim klubi transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
«Latsio» 5 nafar erkin agentga qiziqish bildirmoqda, ularning 3 nafari — «Inter»ning sobiq futbolchilari
Foto: Gettyimages

Rimning «Latsio» klubi transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Calciomercato.com nashrining xabar berishicha, rimliklar Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi David Alaba, shuningdek, yana to‘rt nafar erkin agentni kuzatuvga olgan. Ulardan uch nafari o‘z vaqtida «Inter» sharafini himoya qilgani e’tiborga loyiq.

Manbaga ko‘ra, «Latsio» himoyachi Alessio Romanioli Qatarning «Al-Sadd» klubiga sotilganidan keyin himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Nomzodlar orasida Alabadan tashqari «Inter»ning sobiq himoyachisi Franchesko Acherbi va Berlinning «Union» jamoasida to‘p tepgan portugaliyalik himoyachi Diogu Leyte ham bor.

Shuningdek, rimliklar Marselo Brozovich va Mauro Ikardini ham o‘z ro‘yxatiga qo‘shgan. Xorvatiyalik futbolchi yozda «An-Nasr»ni tark etgan bo‘lib, u yarimhimoyachilarning jarohati tufayli «Latsio»ning maydon markazidagi muammolarini hal qilishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Ikardiga Ispaniyaning «Elche» klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
Bugungi yangiliklar