Live
5
O'zbek

“Milan” va “Tottenhem” sobiq yarimhimoyachisi Odil Tarabt 37 yoshida faoliyatini yakunladi

Futbol
9 sentabr, 10:08
    1
Futbolchi qarorini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.
“Milan” va “Tottenhem” sobiq yarimhimoyachisi Odil Tarabt 37 yoshida faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

“Milan”, “Tottenhem” klublari va Marokash milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Odil Tarabt 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

“Bu kun kelishini bilgandim — endi ushbu bobni yopish vaqti keldi.

Futbol koʻp yillar davomida hayotimning muhim qismi boʻldi. U menga ajoyib xotiralar, ajoyib insonlar bilan tanishish va hech qachon unutmaydigan lahzalarni boshdan kechirish imkonini berdi.

Oʻzim oʻynagan har bir klubga, har bir murabbiyga, har bir jamoadoshimga, har bir xodimga va, albatta, butun faoliyatim davomida menga mehr koʻrsatgan har bir muxlisga rahmat aytmoqchiman.

«Lans”dan “Sharja”gacha sharaf bilan himoya qilgan barcha klublarimdan hayotim tarixining bir qismi boʻlgani uchun minnatdorman. Marokash milliy jamoasi safida oʻynash esa har doim qalbimda alohida oʻrin egallaydi.

Yaxshi kunlar ham boʻldi, qiyinchiliklar ham, xatolar ham, ajoyib kechalar ham… Har xil voqealarni boshdan kechirdim. Ammo bu mening yoʻlim edi va men uni oʻzgartirmagan boʻlardim. Barcha narsa uchun Alhamdulillah"
, — deb yozdi Tarabt ijtimoiy tarmoqlarda.

Tarabt — “Lans” klubi tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida u “Tottenhem”, “Kuinz Park Reynjers”, “Fulhem”, “Milan”, “Benfika”, “Jenoa”, Dubayning “An Nasr” va “Sharja” klublarida ham toʻp tepgan.

Yarimhimoyachi Marokash milliy jamoasi safida 30 ta bahsda ishtirok etib, 4 ta gol urgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Marokash Marokash
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar