Live
7
O'zbek

«Real TV»: «Atletiko» 9 kishi bo‘lib qolishi kerak edi. Sharmandalik! Tebas va Negreyra ligasi!

Futbol
20 sentabr, 15:18
    55
«Qirollik klubi» TVsi derbidagi hakamlikni keskin tanqid qildi.
«Real TV»: «Atletiko» 9 kishi bo‘lib qolishi kerak edi. Sharmandalik! Tebas va Negreyra ligasi!
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 1 Real Madrid Real Madrid

«Real» klubi televideniyesida «Atletiko»ga qarshi derbida hakamlik qilgan Migel Anxel Ortis Arias keskin tanqid qilindi.

La Liganing 7-turi doirasida “Metropolitano” stadionida oʻtgan bahs “qirollik klubi”ning 1:2 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlandi.

37-daqiqada Jud Bellinghem podkatda Kristian Romeroni yiqitdi. Bosh hakam Migel Anxel Ortis Arias dastlab «Real» yarim himoyachisiga sariq kartochka ko‘rsatdi, ammo videotasvirni ko‘rib chiqqach, qarorini bekor qildi va sariq kartochkani «Atletiko» himoyachisiga ko‘rsatdi. Chunki argentinalik futbolchi butsasi bilan Judning tizzasidan biroz pastroq qismini bosib olgandi.

45-daqiqada esa «Atletiko» havbeki Li Kan In markazdan uzoq bo‘lmagan joyda «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverdening to‘pig‘i sohasiga butsasining tagi bilan tepgan edi. Urugvaylik futbolchi norozi holda o‘rnidan turib, bosh hakam oldiga yugurib bordi, ammo Arias koreyalik futbolchini ogohlantirmadi.

«Romero Jud Bellinghemga nisbatan qoidabuzarlik qildi. Bu — qizil kartochkaga loyiq bo‘lgan yaqqol qoidabuzarlik. Aniq ko‘rinib turibdi. Darslikdagidek aniq qizil kartochka. Qanday sharmandalik, qanday sharmandalik...

Romero Bellinghem o`rtasidagi to`qnashuv
Foto: Translyatsiyadan kadr

Nega Romeroga sariq kartochka? Ortis Arias yana kimnidir yo‘q qildi, qanday sharmandalik! Tebas va Negreyra ligasi.

U kameralar oldida hakam bo‘lishni xohladi. U o‘zining haqiqiy qiyofasini ko‘rsatdi, ya’ni Negrey­raga pul to‘lagan jamoaga sadoqatini. Bugun u ikkita aniq qizil kartochkani ko‘rsatmadi. Biz «Atletiko» 10 kishi bo‘lib qolishi kerak, deb hisoblaymiz... Yo‘q! Ular 9 kishi bo‘lib qolishi kerak edi! Chunki Li Kan In ham Valverdega nisbatan qoidabuzarlik qildi»
, — dedi «Real» klubi televideniyesi boshlovchisi.

Li Kan Inning Valverdega nisbatan qo`polligi
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

55 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar