Live
9
O'zbek

Shveytsariya Superligasi. «Lugano» autsayderni tor-mor etdi, Karimovda assist

Futbol
20 sentabr, 12:36
    5
O‘tgan turda to‘p kiritgan o‘zbekistonlik himoyachi bu safar golli uzatmani amalga oshirdi.
Shveytsariya Superligasi. «Lugano» autsayderni tor-mor etdi, Karimovda assist
Foto: Lugano

Shveytsariya chempionatining 9-turida peshqadam «Lugano» safarda «Lozanna» darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.

Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 72 daqiqa harakat qilib, assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

«Lugano» ochkolarini 25 taga yetkazib, 1-o‘rinni mustahkamladi va 2-pog‘onadagi «Yang Boyz»ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Lozanna» esa 6 ochko bilan so‘nggi o‘ringa joylashgan.

Shveytsariya Superligasi. 9-tur
Lozanna — Lugano 0:4

20 sentyabr, «Stad de la Tuler»
Gollar: Delkrua (35 penalti, 48, 52), Sou (61, avtogol).
Lugano — fon Ballmos, Papadopulos, Mai, Delkrua, KARIMOV (Markes, 72), Bislmi (Kenduchi, 72), Grgich (Aydin, 81), dos Santos, Chiminiani (Zanotti, 56), Espinoza (Ayeti, 57), Monkada.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FC Lausanne-Sport FC Lausanne-Sport
  • FC Lugano FC Lugano
  • Shveysariya Superligasi Shveysariya Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar