Italiya chempionatining 5-turida «Frozinone» o‘z maydonida «Komо»ni 2:0 hisobida taslim etdi.
14-daqiqada Jakomo Kalo hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida Giorgi Kvernadze mezbonlarning ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘limda «Komо» hisobni qisqartirishga harakat qildi, biroq «Frozinone» himoyasi ishonchli o‘yin namoyish etdi.
Natijada «Frozinone» uch ochkoni qo‘lga kiritdi. «Komо» esa ushbu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
A Seriya. 5-tur
Frozinone — Komо 2:0
Gollar: Kalo 14, Kvernadze 45+3.
Frozinone: Palmisani, Oyono, Kalvani, Monterizi, Brakalyya, Mazini, Kalo, Ghedjemis, Shmid, Kvernadze, Raymundo.
Komо: Butes, Kouto, Ramon, Chaloba, Valle, Milya, da Kunha, Diao, Pas, Baturina, Duvikas.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi