Live
12
O'zbek

A Seriya. «Parma» «Jenoa»ni taslim etdi

Futbol
20 sentabr, 11:22
«Parma» ikkinchi bo‘limdagi g‘alaba goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
A Seriya. «Parma» «Jenoa»ni taslim etdi
Foto: Getty Images
20.09.2026 FT Italiya A seriyasi Frosinone Frosinone 2 : 0 Komo Komo

Italiya chempionatining 5-turida «Parma» o‘z maydonida «Jenoa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

38-daqiqada David Romero mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan keyin Milutin Osmaich 70-daqiqada muvozanatni tikladi.

«Parma» 80-daqiqada yana oldinga chiqdi. Pontus Almkvist mezbonlarning ikkinchi golini urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Qolgan daqiqalarda «Jenoa» hisobni tenglashtira olmadi va «Parma» uch ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

A Seriya. 5-tur
Parma — Jenoa 2:1
Gollar: Romero 38, Osmaich 70, Almkvist 80.

Parma: Korvi, Karlos Diego Santos, Troylo, Drobniç, Del Prato, Syero, Keyta, Valeri, Ture, Lontani, Romero.
Jenoa: Beylo, Markandalli, Estigor, Otoa, Exizibue, Frennrup, Sou, Ellertsson, Messias, Baldantsi, Osmaich.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Frosinone Frosinone
  • Komo Komo
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar