Live
9
O'zbek

Superliga. «Neftchi» mehmonda «Lokomotiv»ni mag‘lub etib, yana peshqadamga aylandi

Futbol
20 sentabr, 12:26
    30
Farg‘onaliklar safarda minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Superliga. «Neftchi» mehmonda «Lokomotiv»ni mag‘lub etib, yana peshqadamga aylandi
Foto: Neftchi FK
20.09.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent 0 : 1 Neftchi Fargona Neftchi Fargona

Superliganing 22-turida «Neftchi» safarda «Lokomotiv»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bahsdagi yagona gol 62-daqiqada kiritildi. Zoran Marushich mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, «Neftchi»ga g‘alaba keltirdi.

Qolgan vaqtda «Lokomotiv» hisobni tenglashtirishga harakat qildi, biroq «Neftchi» himoyasi raqibga gol urish imkonini bermadi.

Ushbu natijadan so‘ng «Lokomotiv» 35 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. «Neftchi» ochkolarini 51 taga yetkazib, yana peshqadamlikka qaytdi. Farg‘ona jamoasi «Paxtakor»dan 2 ochko oldinda bormoqda.

Superliga. 22-tur
Lokomotiv — Neftchi 0:1
Gol: Marushich 62.

Lokomotiv: Kozlov, Tupliyev (Abraev, 72), Nurullayev (Bahodirov, 72), Abduxoliqov, Ivanov, Shushnyar, Mirzayev, Kucherenko, Yo‘ldoshev, Muhammadiev (Yaxshiboyev, 57), Zoteyev.
Neftchi: Ergashev, Alibayev, Ismoilov (Toshmirzayev, 69), Iskanderov, Abdug‘aniyev, G‘ofurov, Odilov (G‘iyosov, 69), Marushich (Peritsa, 69), Sayfiyev, Kuao, Ratino (Ubaydullayev, 81).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar