Superliganing 22-turida «So‘g‘diyona» o‘z maydonida OKMKga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
25-daqiqada Filip Ivanovich mezbonlarni oldinga olib chiqdi. «So‘g‘diyona» uzoq vaqt davomida hisobni saqlab qoldi.
Biroq bahs yakunida OKMK vaziyatni o‘zgartirdi. 83-daqiqada Giorgi Papava hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 87-daqiqada Nodir Abdurazzoqov mehmonlarga g‘alaba golini kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng «So‘g‘diyona» 28 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi. OKMK esa ochkolarini 35 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi.
Superliga. 22-tur
So‘g‘diyona — OKMK 1:2
Gollar: Ivanovich 25, Papava 83, Abdurazzoqov 87.
So‘g‘diyona: Mitrovich, Asqarov (Michin, 46), Abdurashidov (Golban, 71), Qobilov, Jumatov, Ivanovich, Qahramonov (Sultonmurodov, 65), Soyibov, Boltaboyev, Mavlonqulov (O‘rinboyev, 46), Doriyev.
OKMK: Abdunabiyev, Toirov (Karimov, 46), O‘lmasaliyev, Haqnazariy (Abdurahmonov, 74), Qosimov (Sentoku, 46), Papava, Xolmurodov (Koyich, 74), Muqumjonov, Turdialiyev, Abdurazzoqov, Peshich (Sobirjonov, 46).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi