«Real» «Ayaks» yarimhimoyachisi Abdella Uazanga yana qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.
Madrid klubi 17 yoshli futbolchini 2025-yilda o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi. Biroq o‘sha paytda transfer futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani sababli amalga oshmay qolgan.
Oradan vaqt o‘tib, «Real» Uazan nomzodiga yana qaytishga qaror qilgani aytilmoqda. Madrid klubi marokashlik futbolchining rivojlanishini kuzatishda davom etmoqda.
Uazan ushbu mavsum Niderlandiya chempionatida yettita bahsda maydonga tushib, bitta gol urdi. 17 yoshli yarimhimoyachi «Ayaks»ning asosiy tarkibida o‘zini ko‘rsatishga harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Uazanning «Ayaks» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt marokashlik futbolchining transfer qiymatini 1,5 million yevroga baholagan.