Parijda «PSJ» prezidenti Nosir Al Hilayfiyga nisbatan xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumonlanib, dastlabki tergov boshlandi, deb xabar bermoqda FootMercato.
Parij prokuraturasi Anticor tashkiloti murojaatidan so‘ng ishni moliyaviy korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limiga topshirdi. Tashkilot 2024-yilning yozida Al Hilayfiy Liga 1 o‘yinlari uchun televizion huquqlarni sotish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida egallab turgan lavozimidan foydalangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.
O‘sha paytda Al Hilayfiy bir vaqtning o‘zida PSJ prezidenti, beIN Media Group rahbari va Fransiya Professional Futbol Ligasi (LFP) direktorlar kengashi a’zosi edi.
Anticorning prokuraturaga murojaati 3-mart kuni berilgan edi, biroq endi ish yangi bosqichga o‘tdi - Nosir Al Hilayfiyga nisbatan dastlabki tergov ishlari boshlandi. Tashkilotda ta’kidlanishicha, uning egallab turgan lavozimlari liga qarorlariga beIN Media Group foydasiga ta’sir o‘tkazish imkonini bergan bo‘lishi mumkin.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi