«Barselona» himoyachisi Xavi Espart klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga rozi bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2030-yil yozigacha amal qiladi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining maoshi ham oshiriladi.
Espartning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan edi. Yangi kelishuv uning kataloniyaliklar safidagi faoliyatini yana bir necha yilga uzaytiradi.
Xavi Espart ushbu mavsum La Ligada beshta bahsda maydonga tushdi. Himoyachi ushbu bahslarda bitta gol urib, yana ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Espartning transfer qiymati besh million yevroga baholanmoqda. U «Barselona» tarkibida himoyachi sifatida faoliyat yuritmoqda.