Live
10
O'zbek

4 klub Gokereshni «Arsenal»dan olib ketmoqchi

Futbol
20 sentabr, 06:15
Shvetsiyalik hujumchi London klubidagi hozirgi holatidan norozi ekani aytilmoqda.
4 klub Gokereshni «Arsenal»dan olib ketmoqchi
Foto: Getty Images

«Arsenal» markaziy hujumchisi Viktor Gokeresh jamoaning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotganidan so‘ng faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Shvetsiyalik futbolchiga bir nechta jamoa qiziqish bildirayotgani haqida insayder Ekrem Konurning sahifasida ma’lum qilindi.

Manbaga ko‘ra, Gokereshga Italiyaning «Yuventus» va «Milan» klublari, shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al Ahli» hamda «Al Ittihod» jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Shvetsiyalik hujumchi «Arsenal»dagi hozirgi holatidan norozi. Bunga bosh murabbiy Mikel Artetaning asosiy tarkibda nemis futbolchisi Kay Havertsga ko‘proq ishonch bildirayotgani sabab bo‘layotgani aytilmoqda.

Gokeresh o‘tgan yozda «Arsenal» safiga kelib qo‘shilgan va London klubi bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Uning amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli hujumchining transfer qiymati 65 million yevroga baholanmoqda. Gokeresh «Arsenal»ning hujum chizig‘ida markaziy hujumchi sifatida o‘ynamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Yuventus Yuventus
  • Milan Milan
  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Al-Ittihad Al-Ittihad
Bugungi yangiliklar