Argentina milliy jamoasi yetakchisi Nikolas Otamendi "River Pleyt" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
38 yoshli futbolchi Portugaliyaning "Benfika" klubini tark etib, vataniga qaytdi. Markaziy himoyachi iyul oyida erkin agent sifatida "qizil-oqlar" safiga borib qo'shiladi.
Ma'lumot o'rnida, Otamendi "Benfika"da 6 yil davomida to'p tepdi. U faoliyati davomida "Manchester Siti", "Valensiya" va "Portu" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, tajribali futbolchi bo'lajak jahon chempionati uchun Argentina milliy jamoasi yakuniy qaydnomasi kiritilgan. U milliy jamoa safida jami 130 ta o'yinda ishtirok etgan.