Rossiya Premer-ligasining 6 turida «Rubin» o‘z maydonida Maxachkalaning «Dinamo»siga qarshi bellashdi. Qozon shahridagi bahs 3:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab Rozikov mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada esa Miro penaltidan muvozanatni tikladi. 87-daqiqada Jukich yana gol urdi. 90+5-daqiqada Jochich yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Ushbu bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Shu tariqa, «Rubin» ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 8-o‘rinda bormoqda. «Dinamo» esa 10 ochko bilan 7-pog‘onada.
Rossiya Premer-ligasi. 6-tur
Rubin – Dinamo M 3:1
Gollar: Rozikov 62, Jukich 87, Jochich 90+5 – Miro 73 penalti.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi