15 sentyabr kuni 2029 yilgi Chempionlar Ligasi finali «Kamp Nou» stadionida o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bu arena 1999 yildan buyon ilk bor Yevropaning bosh klub turniri finalini qabul qiladi.
Biroq stadionda rekonstruksiya ishlari hali yakunlanmagan. 9 sentyabr kuni «Barselona» va «Feyenoord» o‘rtasidagi bahs vaqtida matbuot uchun ajratilgan hududga yomg‘ir suvi kirib, jurnalistlarning texnikalariga zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirgan. Klub vakillari avvalroq bunday holatlarni rekonstruksiya jarayoni bilan izohlagan.

«Kamp Nou»da so‘nggi yillarda boshqa muammolar ham kuzatilgan. Stadion hududida kemiruvchilar ko‘ringani, ayrim qurilish ishlari belgilangan vaqtdan tashqarida olib borilgani hamda rekonstruksiya muddati bir necha bor ortga surilgani haqida xabarlar tarqalgan.
Ma’lumot uchun, 2027 yilgi Chempionlar Ligasi finali Madridning «Metropolitano» stadionida, 2028 yilgi final esa «Bavariya»ning uy arenasida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, «Kamp Nou» so‘nggi bor 1999 yilda Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qilgan.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi