Samarqandning «Dinamo» klubi hujumchisi Anvarjon Hojimirzayev jarohatidan to‘liq tiklanmagani bois «Navbahor»ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoa to‘purari FIFA kunlaridan keyin, taxminan 10 kun ichida maydonga qaytishi kutilmoqda.
Hojimirzayev 3 avgust kuni «Neftchi»ga qarshi bahsda sonining orqa qismidan jarohat olgan edi.
Shuningdek, Sanjar Qodirqulov, Xislat Xalilov, Mirjahon Mirahmadov va Abdulahadjon Hoshimov ham jarohatlaridan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Hojimirzayev «Dinamo»ning ushbu mavsumdagi asosiy to‘purarlardan biri hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi