Angliyaning «Kristal Pelas» klubi rasmiy sayti orqali golkiper Din Henderson bilan yangi shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
«Kristal Pelas» klubi, mamnuniyat bilan shuni ma’lum qiladiki, yevrokubok qo‘lga kiritilishida o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan sardorimiz, Din Xenderson yangi bitimga imzo chekdi. Boshi uzra Leypsigda UYEFA Konferensiyalar Ligasi kubogini ko‘targan darvozabon Angliya milliy jamoasi so‘nggi 60 yilda jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etishida ham o‘z rolini o‘ynadi. Endi uning yo‘llari «Pelas» bilan kamida 2030 yilgacha tutashdi.
Muxlislarning sevimli futbolchisi Henderson 2023 yil avgust oyida «Manchester Yunayted»dan o‘tganidan beri «Pelas» safida 119 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 marta darvozani «quruq» saqlab qola olgan, shuningdek, milliy jamoa safida 5 marta maydonga tushgan», — deyiladi xabarda.
«Juda xursandman. Bu ajoyib uch yil bo‘ldi va men shartnomani uzaytirganimdan mamnunman. Eng yaxshi yillarim hali oldinda va men ularni «Kristal Pelas»ga bag‘ishlashdan baxtiyorman», — dedi Henderson.