Live
2
O'zbek

«Real» prezidenti «Barselona»dan qasos olishga qaror qildi — The Touchline

Futbol
4 oktabr, 08:00
Madrid klubi «Negreyra ishi» bo‘yicha kataloniyaliklarga nisbatan jazo qo‘llanishini talab qilmoqda.
«Real» prezidenti «Barselona»dan qasos olishga qaror qildi — The Touchline
Foto: Getty Images

«Real» «Negreyra ishi» doirasida «Barselona» hakamlik jarayoniga ta’sir ko‘rsatgan, degan qarashda kataloniyalik klub jazolanishini talab qilmoqda. Madrid klubi yaqinda ushbu ishga oid hujjatlarni UEFAga yuborgan va bu haqda rasman ma’lum qilgan.

The Touchline nashri Marca manbasiga tayanib xabar berishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres «Negreyra ishi»dan «Barselona»dan qasos olish uchun foydalanmoqda. Bunga klublarning Superliga loyihasini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ittifoqi buzilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

«Barselona»ning Xose Mariya Negreyraga qilgan to‘lovlari bilan bog‘liq mojaro boshlangan paytda Peres kataloniyalik klubni qo‘llab-quvvatlagan. Biroq hozir «Real» prezidentining pozitsiyasi tubdan o‘zgargan.

«Barselona» va «Real» Superliga loyihasini qo‘llab-quvvatlagan so‘nggi klublar bo‘lgan. Kataloniyaliklar ma’lum vaqtdan keyin ushbu loyihadan voz kechgan bo‘lsa, Madrid klubi uni eng so‘nggi bo‘lib tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 1-oktabr kuni «Negreyra ishi» bo‘yicha hujjatlarni UEFAga topshirganini rasman tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, UEFA hozircha ushbu ish bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar