Live
3
O'zbek

«Barselona» YCHLdan vaqtincha chetlatilishidan xavotirda

Futbol
4 oktabr, 08:30
Kataloniya klubi «Negreyra ishi» bo‘yicha UEFA tomonidan vaqtinchalik jazo qo‘llanishidan cho‘chimoqda.
«Barselona» YCHLdan vaqtincha chetlatilishidan xavotirda
Foto: Getty Images

UEFA «Barselona»ning Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra bilan bog‘liq to‘lovlarini o‘rganish doirasida «Negreyra ishi» bo‘yicha tergov olib bormoqda. Tashkilot ushbu hafta «Real» tomonidan ishga oid hujjatlar yuborilganini ma’lum qilgan. Matbuot xabarlariga ko‘ra, Madrid klubi UEFAga qariyb 50 ming sahifadan iborat hujjatlar taqdim etgan va prinsipial raqibiga nisbatan jazo qo‘llanishiga ishonmoqda.

The Touchline nashri Marca manbasiga tayanib xabar berishicha, «Barselona» Chempionlar ligasidan vaqtincha chetlatilish ehtimolidan xavotirda. UEFA «Negreyra ishi» bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilishini kutmasdan turib ham kataloniyalik klubga nisbatan vaqtinchalik sanksiya qo‘llashi mumkin.

Bu holat «Barselona» uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Chunki klubning Yevropaning eng nufuzli turniridagi ishtiroki bo‘yicha qaror ishning yakuniy natijasi e’lon qilinishidan oldin ham qabul qilinishi ehtimoli mavjud.

Xabar qilinishicha, «Real» prezidenti Florentino Peres «Barselona»ning Superliga loyihasidagi pozitsiyasi o‘zgarganidan keyin kataloniyalik klubga qarshi keskinroq siyosat yuritmoqda. Madrid klubi «Negreyra ishi» bo‘yicha UEFAga taqdim etgan hujjatlari orqali «Barselona»ga nisbatan chora ko‘rilishiga erishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 1-oktabr kuni «Negreyra ishi» bo‘yicha hujjatlarni UEFAga topshirganini rasman tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, «Negreyra ishi» «Barselona»ning hakamlar qo‘mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Negreyra bilan bog‘liq to‘lovlari yuzasidan olib borilayotgan tergov bilan bog‘liq.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar