Live
1
O'zbek

«Barselona» Feliksning qaytish variantini hozircha ustuvor deb hisoblamayapti

Futbol
4 oktabr, 06:45
    7
Portugaliyalik hujumchi Yevropaga qaytib, Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klub safida faoliyatini davom ettirmoqchi.
«Barselona» Feliksning qaytish variantini hozircha ustuvor deb hisoblamayapti
Foto: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Joau Feliks Yevropa futboliga qaytishni rejalashtirmoqda. Futbolchi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga o‘tishni istamoqda va uning ustuvor tanlovi «Barselona» bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchining vakili Jorje Mendesh allaqachon «Barselona» rahbariyatiga Feliksning klubga erkin agent sifatida qaytish istagini ma’lum qilgan.

Biroq kataloniyaliklar hozircha 26 yoshli hujumchining qaytishini ustuvor vazifa sifatida ko‘rmayapti. Shu bilan birga, klub Feliks nomzodidan butunlay voz kechmagan. «Barselona» mavsum yakunlanganidan keyin jamoaning ehtiyojlarini tahlil qiladi va shundan so‘ng portugaliyalik futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Feliks 2023/24-yilgi mavsumda «Atletiko»dan ijara asosida «Barselona» safida o‘ynagan. U kataloniyaliklar tarkibida barcha turnirlarda 44 ta bahsda 10 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Joau Feliksning «An Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Al Nassr Al Nassr
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar