Live
1
O'zbek

Fernandes Hoylundning Ronaldoga xos uslubdagi gol nishonlashi haqida gapirdi

Futbol
4 oktabr, 06:20
Daniyalik hujumchi o‘zaro to‘qnashuvda Portugaliya darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Fernandes Hoylundning Ronaldoga xos uslubdagi gol nishonlashi haqida gapirdi
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Bruno Fernandes daniyalik hujumchi Rasmus Hoylundning Portugaliya darvozasiga urgan golini Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlagani haqida fikr bildirdi.

Hoylund Millatlar Ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Portugaliya darvozasini ishg‘ol qildi va golni Ronalduga xos uslubda nishonladi. Portugaliyaliklar esa ushbu bahsda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

«Men uning golni qanday nishonlaganini ko‘rdim. U bunday nishonlashni allaqachon ko‘p marta amalga oshirgan.

Bilamanki, u Krishtianuning katta muxlisi. U Ronaldu maydonda bo‘lgan paytda ham bizga qarshi o‘yinda xuddi shunday nishonlagandi.

Esimda, o‘sha paytda u Krishtianu xafa bo‘lib qolmadimikan, deb juda xavotirlangandi. Hoylund ham Krishtianuni kuzatib ulg‘aygan yana bir yosh futbolchi. Portugaliya milliy jamoasidagilarning ko‘pchiligi ham xuddi shunday.

U Ronalduni juda yaxshi ko‘radi va uning qilayotgan ishlariga taqlid qilishga harakat qiladi. Kelgusi 30, 50 yoki 60 yil davomida ham bu nishonlashni ko‘rishimiz mumkin.

Ronaldu — o‘ziga xos shaxs va futbol afsonasi», — dedi Fernandes. Ma’lumot uchun, Jorge Jezus shogirdlari navbatdagi bellashuvni Norvegiyaga qarshi o‘tkazadi.

Bahs bugun, 4 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Daniya Daniya
Bugungi yangiliklar