Live
1
O'zbek

Brunu Fernandesh: «Har qanday holatda ham Ronaldu portugal futbolining abadiy bosh timsoli bo‘lib qoladi»

Futbol
3 oktabr, 13:29
Fernandesh ham Krishtianuni himoya qildi.
Brunu Fernandesh: «Har qanday holatda ham Ronaldu portugal futbolining abadiy bosh timsoli bo‘lib qoladi»
Фото: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi sardori Brunu Fernandesh Millatlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Menga jamoadoshlarim bilan gaplashish shart emas. Bunday vaziyatlarni qanday hal qilishni barchamiz bilamiz. Milliy jamoada futbolchilarga aloqasi bo‘lmagan vaziyat yuzaga keldi va menimcha, bizning asosiy vazifamiz — maydonda natija ko‘rsatish.

Krishtianu haqida gapiradigan bo‘lsam, men u bilan suhbatlashdim va aytganlarimni yana bir bor takrorlashga tayyorman. Eng muhimi — nima bo‘lishidan qat’i nazar, Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi, portugal futboli va mamlakatimizning abadiy bosh timsoli bo‘lib qoladi. Bu nafaqat Portugaliyada, balki butun dunyoda erishgan yutuqlarini hisobga olganda ham shunday.

U nafaqat barcha davrlarning eng buyuk futbolchilari qatorida alohida o‘rin egallaydi, balki barcha portugaliyaliklar qalbida ham o‘zgacha mavqega ega. Eng muhimi — bu kelishmovchiliklarga barham berish. Milliy jamoada hech qanday guruhlarga bo‘linish yo‘q — biz birdammiz va tashqi tomondan bo‘layotgan shov-shuvlarga qaramay, shunday bo‘lib qolamiz. Har qanday oila o‘z muammolarini yopiq eshiklar ortida hal qiladi. Menimcha, milliy jamoa ham xuddi shunday yo‘l tutishi kerak.

Eng muhimi, bu voqea barcha ishtirokchilar uchun yaxshi yakunlanishi kerak. Biz muammoning o‘zidan to‘liq chetdamiz, garchi nima haqida gapirayotganlari va nimalar ko‘rsatilayotganidan xabardor bo‘lsak ham. Biz bo‘sh vaqtlarimizning ko‘p qismini dam olish xonasida karta o‘ynab o‘tkazamiz va bu bahslardan o‘zimizni chetda tutamiz.

Shu bilan birga, mamlakat aholisini bo‘linmaslikka va biror tomonni tanlamaslikka, balki vaziyatdagi barcha ishtirokchilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiraman. Krish esa milliy jamoamizning bosh ikonasi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. U shaxsiy qarashlardan qat’i nazar, barchaning hurmatiga loyiq» — deya Fernandeshning so‘zlaridan keltiradi A Bola nashri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar