Bugun
24
O'zbek

De la Fuente: «Yamal afsona maqomiga ishonch bilan yaqinlashmoqda»

Futbol
4 oktabr, 05:30
    18
Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi yosh hujumchining so‘nggi bahslardagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
De la Fuente: «Yamal afsona maqomiga ishonch bilan yaqinlashmoqda»
Foto: Getty Images
03.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Ispaniya Ispaniya 3 : 1 Chexiya Chexiya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamine Yamalning o‘yin darajasi va jamoa uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi. Mutaxassis yosh futbolchining afsona maqomiga tobora yaqinlashayotganini ta’kidladi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

«Lamin afsona maqomiga ishonch bilan yaqinlashmoqda. U so‘nggi uchta bahsda hisobni ochdi. Men esa jamoadan har doim o‘yinni yuqori intensivlik va tezkor sur’atda boshlashni talab qilaman», — dedi de la Fuente.

Murabbiy Yamalning dastlabki daqiqalardagi gollari butun jamoaning ruhiy holatini aks ettirayotganini qayd etdi.

«Menimcha, uning erta urayotgan gollari butun jamoaning kayfiyatini aks ettiradi. Har bir bahsda dastlabki daqiqalardanoq o‘zimizga xos uslubni namoyish etishga harakat qilamiz», — deya de la Fuentening so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.

Yamal Ispaniya milliy jamoasining Millatlar ligasi guruh bosqichi 3-turida Chexiyaga qarshi bahsida ham hisobni ochdi. U 6-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Ispaniya ushbu bellashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Rodri 35-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Chexiya safida Slama 69-daqiqada bitta golga javob berdi, 89-daqiqada esa Mikel Merino Ispaniyaning uchinchi golini urdi.

Eslatib o‘tamiz, Yamal so‘nggi uchta bahsning barchasida Ispaniya milliy jamoasi safida hisobni ochgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Chexiya Chexiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar