Bugun
24
O'zbek

Uilsher Arteta unga murabbiy sifatida qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi

Futbol
4 oktabr, 06:02
«Luton Taun» bosh murabbiyi ispaniyalik boshchiligidagi ilk qadamlarini esladi.
Uilsher Arteta unga murabbiy sifatida qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi
Foto: Gettyimages

«Luton Taun» bosh murabbiyi Jek Uilsher Mikel Arteta boshchiligidagi ilk qadamlarini esladi.

Ma’lumot uchun, angliyalik sobiq futbolchi «Norvich» murabbiylar shtabiga borib qo‘shilishdan avval Londonning «Arsenal» yoshlar jamoasini boshqargan.

«Men Artetaning qanday ishlayotganini, mashg‘ulotlari qanday o‘tayotganini ko‘rganman. Men unga tushunmagan narsalarim haqida savollar berib, nima uchun Mikel u yoki bu ishni qilayotganini tushunishga harakat qilardim va vaqt o‘tishi bilan uning g‘oyalari, mashg‘ulotlarini yoqtirib qoldim. Mikel menga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi, ammo keyin barchasini o‘zim boshqarishni o‘rganishimga to‘g‘ri keldi - ma’lumotlarni yetkazish, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, natijaga erishish», - dedi Uilsher BBC bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, «to‘pchilar»ning mashhur sobiq yarimhimoyachisi o‘tgan yilning oktyabr oyida «Luton» bosh murabbiyi lavozimini egalladi.

Bugungi yangiliklar